Erdo‘g‘an “butun dunyoni tashvishga soladigan” bayonot berishini ma’lum qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 20 iyul kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrif buyuradi. Tashrifi davomida u butun dunyoga murojaat qilmoqchi. 

Erdo‘g‘an “nafaqat orolni, balki butun dunyoni tashvishga soladigan” xabarni berish uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrif buyurishini ta’kidlagan. Turkiya Prezidenti uning nutqi aynan nimaga bag‘ishlanishiga aniqlik kiritmagan. 

“20 iyul kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrif buyuraman.Tashrifim davomida men nafaqat orolni, balki butun dunyoni tashvishga soladigan xabarni aytaman. Agar siz qat’iyatlilikni namoyon qilmasangiz, unda hech kim sizni jiddiy qabul qilmaydi”, degan Erdo‘g‘an. 

20 iyul kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasida 1974 yilda Kiprga turk qo‘shinlari kiritilganining 47 yilligi nishonlanadi. Agar orolning janubida 20 iyul milliy motam kuni bo‘lsa, Kiprning shimolidagi turklarda bu kunda "Tinchlik va ozodlik kuni" deb nomlangan asosiy milliy bayram nishonlanadi. Shu kuni an’anaviy harbiy parad ham bo‘lib o‘tadi, unda Turkiyaning eng yuqori rahbariyati vakillari ishtirok etadi. 

Ma’lumot o‘rnida, 1974 yilda Turkiya qo‘shinlari kiritilganidan keyin Kipr etnik yo‘nalish bo‘yicha bo‘lingan. Jangovar harakatlar natijasida 1983 yilda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil topgan, u dunyo hamjamiyatida faqat Anqara tomonidan e’tirof etilgan. Orolning janubiy qismi esa asosan Kipr yunonlari yashagan Kipr Respublikasi nazorati ostida qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an

Baholaganlar

1093

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing