Erdo‘g‘an boshchiligida yana bir kitob. Turkiya urushda kim tomonida ekani ochiq aytildi

Olam

image

Turkiya Prezidenti ma’muriyatining Kommunikatsiyalar bo‘limi tomonidan Anqaraning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish borasidagi sa’y-harakatlariga bag‘ishlangan “Turkiyaning barqarorlikka qo‘shgan hissasi: ko‘p vektorli tinchlik diplomatiyasi” kitobi nashr etildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi

Turk va ingliz tillarida chop etilgan kitobda Turkiya va uning Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Ukraina atrofida inqirozning oldini olish va mintaqada barqarorlikni saqlash uchun tashlagan qadamlari bayon etilgan. 

Rusya-Ukrayna savaşında Türkiye'nin barış çabaları kitaplaştırıldı - Son  Dakika Haberleri

Asar “Tinchlik sari global yetakchilik”, “Ankaraning urushga qarshi pozitsiyasi”, “Muloqot kanallarining ochiqligi”, “Insonparvarlik diplomatiyasi va tashabbusi” kabi to‘rt bobdan iborat. 

Kitobda asosiy e’tibor Prezident Erdo‘g‘anning Ukraina va Rossiya bilan muloqot platformasida ham, NATO, Yevropa Ittifoqi va mintaqaviy o‘yinchilar bilan aloqalar kontekstidagi sa’y-harakatlariga qaratilgan. Unda Turkiya rahbarining BMT islohoti doirasida global xavfsizlik arxitekturasini saqlab qolish borasidagi tashabbuslari bayon etilgan. 

Ikkinchi bob Turkiyaning Ukraina yaxlitligi daxlsizligi haqidagi prinsipial pozitsiyasini va o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga erishgan holda Anqaraning urushning oldini olish bo‘yicha qadamlariga bag‘ishlangan. 

Turkiyaning Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish va mintaqada “barqarorlashtiruvchi mexanizm” rolini o‘ynash istagi nashrning uchinchi qismi mavzusidir. 

Oxirgi bo‘limda Turkiyaning og‘ir sa’y-harakatlarga duchor bo‘lgan odamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan insonparvarlik harakatlariga e’tibor qaratiladi. Turkiyaning Ukrainada gumanitar koridorlar yaratish borasidagi harakatlari tasvirlangan. 

NATO zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi

Kitobning muqaddimasi shaxsan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan yozilgan. 

Turkiya rahbari zamonaviy dunyo hamon yangi turdagi koronavirus pandemiyasining oqibatlarini barcha jabhalarda sezishda davom etayotgani, mintaqaviy siyosiy-iqtisodiy keskinlik va qizg‘in mojarolar global barqarorlikka putur yetkazayotganini eslatib o‘tgan. 

Erdo‘g‘an Suriya, Yaman, Afg‘oniston, Liviya, Iroq va Arakan (Myanma) kabi mojaro hududlarida insoniy fojialar va inqirozlarga haligacha yechim topilmayotganini afsus bilan qayd etgan. 

Bundan tashqari, Sharqiy Yevropa va u bilan birga butun dunyo Rossiya-Ukraina urushining halokatli va og‘riqli oqibatlariga duch kelayotgani urg‘ulangan. 

“Bugun yana bir bor ayon bo‘ldiki, e’tibordan chetda qolgan eng kichik muammo ham katta falokatlarga olib kelishi mumkin”, deb yozadi Turkiya rahbari. 

Erdo‘g‘an, dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni himoya qilish uchun yaratilgan xalqaro tashkilot va muassasalar faoliyatiga e’tibor qaratgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, urush (Ukrainadagi) bu tuzilmalar yanada samaraliroq bo‘lishi va qat’iyroq qadamlar tashlashi kerakligini yana bir bor ko‘rsatdi. 

Turkiya rahbari ta’sis etilganidan buyon xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdek o‘ta muhim missiyani o‘z gardaniga olgan NATO zimmasiga yana katta mas’uliyat yuklanganini ta’kidlagan. 

Shuningdek, u, global xavfsizlik arxitekturasi muammolarini tezroq hal etish va NATO hamkor-davlatlarining to‘liq birdamligi Ittifoq kelajagida hal qiluvchi rol o‘ynashiga ishonch bildirgan. Turkiyaning tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarini davom ettirishiga ishontirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

688

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing