Erdo‘g‘an bir kunda ikkita mamlakatga bordi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 7 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Quvaytga bordi. 

Erdo‘g‘an Kuvayt amiri shayx Sabah al-Ahmad al-Jabir as-Sabah IV ning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. Quvayt amiri Turkiya rahbari Shayx Navvaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Erdo‘g‘an zudlik bilan Quvaytga tashrifini yakunlab, Qatar poytaxti Dohaga jo‘nab ketdi.

Turkiya rahbarini Doha aeroportida Qatar Mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad al-Atiya, Turkiyaning Dohadagi elchisi Mehmet Mustafo Geku va boshqa vakolatli shaxslar kutib olgan. 

Safar davomida Turkiya rahbariga G‘aznachilik va moliya vaziri  – kuyovi Berat Olbayroq,  Yoshlar va sport vaziri Mehmet Kasapo‘g‘lu, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Milliy razvedka xizmati rahbari Hakan Fidan, Prezident ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahretdin Altun va Prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin hamrohlik qildilar. 

Erdo‘g‘an Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al-Sani bilan uchrashdi. 

Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qiladilar,  shuningdek mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashadilar.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing