Erdo‘g‘an Bakudagi G‘alaba paradida ishtirok etadi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ertaga, 10 dekabr kuni Ozarbayjonning Baku shahrida bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etadi. Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyati Matbuot xizmati ma’lum qilmoqda

Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Ozarbayjon Respublikasiga rasmiy tashrifi bugun, 9 dekabr kuni start oladi. 

Tashrif doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev o‘rtasida uchrashuv o‘tkaziladi. 

Muzokaralarda xalqaro maydonlarda Ozarbayjonning haqiqatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish uchun qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma qadamlar muhokama qilinadi va ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash nuqtasida yuzaga keladigan yangi imkoniyatlar baholanadi. Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr almashiladi. 

Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy asosiga hissa qo‘shishga qaratilgan turli xil hujjatlarni imzolash ham ko‘zda tutilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 dekabr kuni Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da bir yarim oy davom etgan qurolli to‘qnashuv va qariyb 30 yildan keyin Ozarbayjon yerlarining Armaniston mustamlakasidan qaytarib olinishini tantana qiladi. Shu kuni poytaxt Bakuda g‘alaba paradi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda 150 ga yaqin texnika namoyish etiladi. Ular orasida birinchi bor taqdim etiladigan raketa uchirish moslamalari va havo hujumidan mudofaa tizimlari ham bor.

Ma’lumot o‘rnida, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev joriy yilning 23 noyabr kuni Ag‘dam shahridagi masjiddan turib xalqqa yo‘llagan videomurojaatida 44 kun davom etgan urushdagi g‘alabada Turkiyaning hissasi katta ekanini aytib, mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing