Berdimuhamedov va Erdo‘g‘an bir-biriga kuchuk sovg‘a qildi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat rahbari sifatida ilk bor Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi.  Bu haqda "Neytralniy Turkmenistan" rasmiy gazetasi xabar berdi.

Berdimuhamedov tashrifi davomida Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Shundan so‘ng, davlat rahbarlari bir-biri bilan ramziy sovg‘alar almashgan.

Berdimuhamedov turkiyalik mavqedoshiga "Gardash" (turkmanchadan “qarindosh” deb tarjima qilinadi) ismli turkman alabay kuchukchasini sovg‘a qilgan. Bunga javoban Erdo‘g‘an oliy martabali mehmonga ikki turk kangal kuchukchasini sovg‘a qilgan. Ularning laqabi nima ekani noma’lum.

Shuningdek, Berdimuhamedov va Erdo‘g‘an o‘rtasida Anqarada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha 13 ta hujjatdan iborat paket imzolangan. 

Bundan tashqari, Berdimuhamedov davlat rahbari sifatida Turkiyaga ilk rasmiy tashrifi chog‘ida Turkmaniston-Turkiya biznes forumida ishtirok etgan. Uning ishtirokchilari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorligini bildirgan. Turkmaniston rahbari 2023 yil 6-8 dekabr kunlari Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan Turkiya eksport tovarlari ko‘rgazmasi doirasida navbatdagi Turkmaniston-Turkiya biznes-forumini o‘tkazish maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan.

Berdimuhamedov, shuningdek, Erdo‘g‘anni istalgan qulay vaqtda Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif qilgan. Bildirilishicha, tashrif vaqti diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing