Erdo‘g‘an, Aliyev va birinchi xonimlari Bakudagi “TEKNOFEST-Ozarbayjon”ga bordi (fotoreportaj)

Olam

image

Ozarbayjon Prezident Ilhom Aliyev rafiqasi – birinchi vitse-prezident Mehribon Aliyeva hamda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rafiqasi Emina Erdo‘g‘an bilan Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida o‘tayotgan “TEKNOFEST-Ozarbayjon” aviatsiya,  kosmonavtika va texnologiya festivalida ishtirok etdi. 

Festivalda nutq qilgan Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar uzoq yillar davomida sheriklik darajasida bo‘lgan, keyin esa 2021 yilda imzolangan Shusha deklaratsiyasi tufayli strategik ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilgan. 

“Biz tahdidlardan qaytadiganlardan emasmiz va hech qachon bo‘lmaymiz ham! Biz ishg‘olga javoban doimo ovozimizni baland ko‘taramiz, adolatli kurashni himoya qilishda davom etamiz. Boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga da’vo qilmay, o‘z ona yurtimizning bir bo‘lagini ham bermaymiz”, deydi Erdo‘g‘an. 

Prezident Erdo‘g‘an Anqara har doim Ozarbayjon yerlarining Armaniston tomonidan ishg‘ol qilinishiga qarshi bo‘lib, adolat tarafida bo‘lganini qayd etdi. 

“Turkiya Ozarbayjonning yonida, qayg‘uda ham, quvonchda ham. Biz Ozarbayjon bilan ikki tomonlama munosabatlarni nafaqat mintaqa, balki butun dunyo uchun namuna bo‘ladigan darajaga olib chiqdik. Qorabog‘dagi g‘alaba turk millatining yorqin g‘alabalari silsilasining so‘nggi bo‘g‘inidir. Ozarbayjonning 44 kunlik Vatan urushi Turkiya mudofaa sanoatining erishgan yutuqlarini ham dunyoga oshkor qildi. Biz dunyoning hech bir davlatiga hududiy da’vo qilmaymiz, lekin o‘zimizning bir qarich yerimizni ham berish niyatida emasmiz va bermaymiz ham!”, deydi Turkiya rahbari. 

Turkiya Ozarbayjon Prezidentining Armaniston bilan uzoq muddatli tinchlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini qattiq qo‘llab-quvvatlaydi, bu ham mintaqada tinchlik va barqarorlikka hissa qo‘shadi. 

Erdo‘g‘anga ko‘ra, Turkiya Ozarbayjonning Qorabog‘ va Sharqiy Zangezur iqtisodiy rayonlaridagi Ozarbayjonning bosib olingan yerlarini tiklashga ham hissa qo‘shmoqda. 

“Ozarbayjonning ozod qilingan yerlarida taraqqiyot va tinchlik nihollari nishlandi. Fuzuli shahrida xalqaro aeroport qurildi. Bugun biz Zangelon va Lochindagi havo bandargohi loyihalari haqida gapiryapmiz. Ag‘dam viloyatida sanoat parki barpo etilmoqda. Araz vodiysi iqtisodiy zonasi sanoat parki loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Yaqin kelajakda bu yerlarda “aqlli shaharlar” barpo etiladi. Bu boradagi sa’y-harakatlar Turkiyaning ko‘magida davom etadi”, deydi Prezident. 

Turkiya rahbari Turkiya mudofaa sanoati so‘nggi yillarda sezilarli yutuqlarga erishganini, lekin hali oldinda ko‘p yo‘l borligini ta’kidladi. 

“Bu borada yoshlarga,  ularning g‘ayrati va shijoati alohida umid va o‘ringa ega.  Biz yosh avlod salohiyatiga ishonamiz. Bugungi “TEKNOFEST” yoshlarga ishonchning yana bir ramzidir”, deydi Erdo‘g‘an. 

Ozarbayjon va Turkiya hamkorligi mintaqada barqarorlik va tinchlik omilidir. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev o‘z nutqida so‘z ochdi. 

Ozarbayjon Prezidenti mamlakati 30 yildan buyon mustaqillik yo‘lidan ishonch bilan ketayotganini ta’kidladi. 

Prezident o‘z faoliyatida hamisha ozarbayjon xalqi va davlatining milliy manfaatlarini himoya qilishga, Ozarbayjonning mustaqil siyosatini ta’minlashga harakat qilganini ta’kidladi. 

“Mana shu 30 yil davomida biz turk birodarlarimizning qo‘llab-quvvatlashini doimo his qildik. Mustaqillik kunida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning yonimizda bo‘lishi biz uchun qo‘shaloq bayramdir”, deydi Aliyev. 

Ozarbayjon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon xalqi Turkiya va uning rahbariyatining Armaniston tomonidan bosib olingan yerlarni ozod qilish uchun 44 kunlik urush davomida ko‘rsatgan yordamini hech qachon unutmaydi. 

“Tarixiy g‘alabadan so‘ng Turkiya Prezidenti va men Turkiya va Ozarbayjon harbiylari ishtirokidagi Paradni o‘tkazdik. Turkiyaning kuchayib borayotgani Ozarbayjonni ham kuchliroq qilishini bir necha bor aytganman. Qardosh mamlakatning muvaffaqiyatli rivojlanishi birinchi navbatda Prezident Erdo‘g‘an nomi bilan bog‘liq”, deydi Prezident Aliyev.

“TEKNOFEST” festivali

Xalqaro aviatsiya, kosmik va texnologiya festivali “TEKNOFEST” 2018 yildan beri Turkiya Sanoat va texnologiya vazirligi va Baykar Makina kompaniyasining texnik direktori tomonidan boshqariladigan Turk Texnologiya jamoasi Jamg‘armasi tomonidan Turkiyaning 60 dan ortiq davlat muassasalari, universitetlari va xususiy kompaniyalari bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinmoqda. 

Bundan ko‘zlangan maqsad aviatsiya, kosmik sanoat va raqamli iqtisodiyot kabi sohalarni ommalashtirish, bu sohalarda tadbirkorlikni rag‘batlantirish, yosh muhandislarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlash, yoshlarning texnologiya va fanga qiziqishini oshirishdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Rajab Toyib Erdo'g'an Emina Erdo'g'an Mehribon Alieva

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing