Erdo‘g‘an, Aliyev, Berdimuhamedov uchrashuvida 5 ta hujjat imzolandi

Olam

image

Bugun, 14 dekabr kuni Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston birinchi uch tomonlama sammit doirasida beshta kelishuv imzolandi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi. 

Avaza Milliy turistik hududi kongress markazida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida savdo, fan, ta’lim, madaniyat, bojxona, energetika va transport sohalarida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Turkiya Savdo vaziri Mehmet Mush, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Batir Atdayev uch davlat o‘rtasidagi “Savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim”ni imzoladi. 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Nurmuhammet Amanepesov 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan fan, ta’lim va madaniyat sohasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo asosli dasturini imzoladi. 

Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Turkmaniston Davlat bojxona boshqarmasi raisi Maksat Xudayquliyev chegara punktlarida bojxona tartib-qoidalari bo‘yicha axborot almashish bo‘yicha Qo‘shma maslahat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumatlararo anglashuv memorandumini imzoladi. 

Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmez, Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbazov va “Turkmangaz” davlat konserni raisi Batir Amanov energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo anglashuv memorandumini imzoladi. 

Transport sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo anglashuv memorandumini Turkiya transport va infratuzilma vaziri Adil Qoraismailo‘g‘li, Ozarbayjonning raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev hamda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va kommunikatsiyalar agentligi direktori Mammetxan Shakiyev imzoladi.   

Shuningdek, uch turkiyzabon davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing