Erdo‘g‘an AQSHni dushanbagacha ogohlantirdi

Olam

image

Turkiya Furot sharqida Suriyadagi navbatdagi operatsiyaga hozirliklarni yakunladi. Bu haqda mamlakat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qilgan. Prezidentning so‘zlariga qaraganda, hudud ISHID jangarilaridan deyarli tozalangan. 

“Ular yangi “Suriya demokratik kuchlari” tashkilotini tuzdilar. Ammo bu hiyla-nayrang. YPG (Suriya kurdlarining himoya kuchlari)dan farq qilmaydi. Uning tarkibiga bir necha terroristik tashkilotlar kiradi”, deydi Erdo‘g‘an.  

Davlat rahbari so‘zida davom etarkan, Turkiya hukumati AQSHning Kurdiston ishchi partiyasiga ko‘rsatayotgan yordamiga ko‘z yumish niyatida emasligini qo‘shimcha qiladi. 

Avvalroq, rasmiy Anqara va Vashington Suriya shimolida Furotning sharqida rejali xavfsizlik zonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. 

Rasmiy Damashq Turkiya va AQSHni Suriyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishda aybladi. 

Dushanba kuni Rajab Toyib Erdo‘g‘an  agar AQSH bilan birgalikda xavfsizlik zonasini yaratish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmasa, Anqara ikki hafta ichida Suriyaning shimoli-sharqida operatsiya boshlashga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, hafta boshida Turkiya, Rossiya va Eron Prezidentlari Anqarada to‘planib, Suriya muammosini hal etish bo‘yicha kelishib olgan edilar. 


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

940

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing