Erdo‘g‘an AQSHga safari nega qoldirilganini tushuntirdi

Olam

image

Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning AQSHga tashrif va Amerika yetakchisi Jo Bayden bilan uchrashuv tig‘iz taqvim tufayli bo‘lib o‘tmadi. Bu haqda u kecha, 11 may kuni Gretsiyaning “Kathimerini” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bizning tashrifimiz ikki tomonning jadvallari bir-biriga mos kelmagani sababli qoldirildi. Ma’lumki, yaqinda Qo‘shma Shtatlarda saylovlar bo‘lib o‘tadi va shuning uchun janob Baydenning jadvali yanada gavjum bo‘ldi”, degan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning aniqlik kiritishicha, “bunday tashriflar” har doim ikki tomon uchun qulay vaqtda amalga oshiriladi. Hozirda tegishli sana muhokama qilinmoqda.

Gazeta Erdo‘g‘andan AQSHning Turkiya-Gretsiya munosabatlaridagi o‘rni haqida so‘radi. Turkiya rahbari ikki davlat o‘rtasidagi “AQSHning siyosiy muvozanati” tarafdori ekanini, biroq masofani saqlash ham zarurligini ta’kidladi.

“Biz Gretsiya bilan vositachilarsiz bevosita aloqadamiz. Bu aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish munosabatlarimizning yanada ijobiy rivojlanishiga xizmat qiladi”, deydi u.

Qayd etish joizki, Erdo‘g‘anning AQSHga tashrifi 9 mayga belgilangan edi. Aprel oyi boshida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Erdo‘g‘an AQSHga tashrifi chog‘ida Amerika yetakchisi Jo Bayden bilan Ukrainadagi mojaro tufayli yuzaga keladigan xavflarni muhokama qilishni rejalashtirayotganini aytdi.

Keyinroq Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Onju Kejeli Turkiya Prezidentining 9 mayga belgilangan AQSHga safari qoldirilgani va har ikki tomon uchun qulay vaqtda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Jon Bass Vashingtonda bo‘lib o‘tgan 39-Amerika-Turkiya kengashi yig‘ilishidagi chiqishi chog‘ida Turkiya Prezidenti 12-13 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti chog‘ida AQSHga ilgari qoldirilgan tashrifini amalga oshirishi mumkinligini aytdi. 

"Biz Prezident Erdo‘g‘anni iyul oyida bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida intiqlik bilan kutamiz, Turkiya Ukraina mojarosi kontekstida muhim va ijobiy rol o‘ynadi", degan Bass.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing