Erdo‘g‘an AQSHga Afg‘onistondagi turk harbiylarini saqlab qolish shartini aytdi
Olam
−
16 iyun 2021
6723Agar G‘arb Turkiyaning Afg‘onistonni tark etishini istamasa, unda AQSH mamlakatga faol diplomatik, moddiy-texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatishi kerak. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 14 iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti doirasida AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tdi.
Turkiya Prezidenti NATO rahbarlari sammiti natijalarini yanada yuqori baholadi.
“Biz Ittifoqning harbiy qudratini mustahkamlash, tashkilotning siyosiy tarkibiy qismini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishga kelishib oldik”, deydi Erdo‘g‘an.
Prezident Erdo‘g‘an Afg‘oniston masalasiga ham to‘xtaldi.
“Agar [G‘arb] Turkiyaning Afg‘onistonni tark etishini istamasa, unda AQSH mamlakatimizga faol diplomatik, moddiy-texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatishi kerak”, deydi davlat rahbari.
Erdo‘g‘an AQSH Prezidentiga “Turkiyaning Qobul aeroporti xavfsizligini Pokiston va Vengriya bilan birga ta’minlashga tayyorligi to‘g‘risida” xabar berganini aytdi.
Turkiya Prezidenti, shuningdek, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan bugungi uchrashuvda tomonlar kelishmovchiliklarni vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal qilish zarurligi to‘g‘risida kelishib olishlarini ta’kidladi.
LiveBarchasi