Erdo‘g‘an 12 yil ichida ilk bor Misrga bordi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 14 fevral kuni 12 yil ichida ilk rasmiy tashrif bilan Misrga bordi. Bu haqda Misrning “Al-Qahira al-Ihbariya” telekanali xabar berdi.

Misr yetakchisi Abdulfattoh as-Sisi rafiqasi bilan birga Qohira xalqaro aeroportida Turkiya Prezidenti va birinchi xonimini kutib oldi.

Xabar qilinishicha, Erdo‘g‘an Misr rahbariyati bilan mintaqaviy muammolarni muhokama qilmoqchi. Muzokaralarning asosiy mavzusi G‘azo sektoridagi mojaro va Isroil harakatlariga birgalikdagi javob choralari bo‘ladi.

Qayd etish joizki, bu oxirgi 12 yil ichida Turkiya Prezidentining Misr poytaxtiga ilk rasmiy tashrifidir. Respublikaning sobiq rahbari Abdulla Gul oxirgi marta 2012 yilda Qohiraga tashrif buyurgan edi. Shundan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar Misr davlatida 2013 yilda yuz bergan harbiy to‘ntarish tufayli yomonlashgan. Har ikki davlat o‘z elchilarini chaqirib olgan. 

2021 yil mart oyida Turkiyaning o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Misr bilan diplomatik darajada aloqalar tiklanishini e’lon qildi. 2022 yil noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining ochilish marosimida Misr va Turkiya Prezidentlari o‘rtasida qisqa uchrashuv bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng munosabatlarda sezilarli iliqlik kuzatildi. 2023 yil fevral oyi oxirida Misr Tashqi ishlar vaziri Sameh Shukri Turkiya janubidagi zilziladan jabr ko‘rgan Adana shahriga tashrif buyurdi. O‘tgan yilning 4 iyulida mamlakatlar diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklab, Anqara va Qohiraga elchilarni tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Misr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing