Erdo‘g‘an harbiylar bilan iftorlik qildi
Olam
−
14 aprel 2022
9187Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an harbiy xizmatchilar bilan iftor qildi. U Hakkari viloyatining Yuksekova shahridagi harbiy qismga borib, harbiylar bilan muloqot qilgan. Bu haqda Turkiya Prezidenti Matbuot xizmati xabar bergan.
“Turkiya armiyasi dunyoning eng yaxshi armiyalaridan biri va millatimiz faxridir. Bu armiya Turkiyaning o‘sib borayotgan siyosiy va iqtisodiy qudrati bilan birgalikda davlatimizga kuch-quvvat bag‘ishlaydi”, degan Erdo‘g‘an.
Prezident Erdo‘g‘an harbiy xizmatchilarni Ramazon oyi bilan tabriklagan va iftor qilish uchun ular bilan bir dasturxonga o‘tirgan.
Erdo‘g‘anga harbiy bo‘limda Turkiya Milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar hamrohlik qilgan.