Erdo‘g‘an ham Olimpiada ochilish marosimini qoraladi
Olam
−
30 iyul 2024
18935Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an jahon hamjamiyatini Isroil tomonidan G‘azoda amalga oshirayotgan “genotsid, shafqatsizlik va vahshiylik”ni zudlik bilan to‘xtatish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Bu haqda u mamlakatdagi hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi tadbirida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“Qonunni mensimaydigan Isroil davlati bugun nafaqat Falastin va Livanga, balki butun insoniyatga tahdid solmoqda”, degan Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbari, shuningdek, Tel-Avivning harakatlari mintaqadagi barcha davlatlar uchun xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi.
“Isroilning tajovuzkor siyosati butun mintaqaga tahdid solayotgani aniq bo‘lib turgandan keyin ham yana nega bolalar o‘laverishi kerak? Isroil mintaqadagi o‘z xavfsizligini bosqinchilik, qirg‘in va begona yerlarni tortib olish yo‘li bilan ta’minlashga intilayotgan yagona davlatdir”, deb ta’kidlaydi Turkiya Prezidenti.
Erdo‘g‘an G‘arb davlatlari Isroil armiyasining falastinlik tinch aholiga qarshi jinoyatlariga e’tibor bermasligini yana bir bor tanqid qildi.
“Xalqaro xavfsizlikni ta’minlashga mas’ul G‘arb yetakchilari va tashkilotlari qariyb 300 kun davomida G‘azoda sodir etilgan vahshiyliklarni uzoqdan kuzatmoqda”, deydi u.
Shuningdek, u Isroilni terrorchi tashkilot sifatida faoliyat yurituvchi davlat deb atagan. Turkiya davlat rahbari Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari ochilishida odamlarning diniy tuyg‘ulari haqoratlanganini ham keskin tanqid ostiga oldi.
“Parijda 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari ochilishida yuz bergan axloqsizlik biz duch kelayotgan tahdid ko‘lamini yana bir bor ko‘rsatdi. Parijdagi sharmandali manzara bizni ham, katolik va nasroniy dunyosini ham ranjitdi”, dedi u.
Turkiya rahbari Rim papasi Fransisk bilan telefon suhbatida Olimpiada ochilishida xristian olamiga qarshi qilingan axloqsizlikni muhokama qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Erdo‘g‘an Parij Olimpiadasi tashkilotchilarini o‘yinlardan inson tabiatini buzish va oilaviy qadriyatlarni yo‘q qilish vositasi sifatida foydalanishda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp ham Parijda 2024 yilgi Olimpiadaning ochilish marosimini tanqid qilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar