Erdo‘g‘an yana “Global musulmon shaxsiyati” mukofotini qo‘lga kiritdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Nigeriyaning “Muslim news Nigeria” gazetasi 2020 yilgi “Global musulmon shaxsiyati” mukofotini Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga topshirmoqchi. Bu haqda “Anadolu Agency” gazeta muharriri Rashid Abubakarga asoslanib xabar berdi. 

“Prezident Erdo‘g‘an insonparvarlik maqsadlarini ilgari surib, dunyo sahnasida musulmonlarning huquqlarini himoya qiladi”, degan muharrir.

Qayd etilishicha, ushbu mukofotni topshirish marosimi joriy yil 18 sentyabrda Nigeriyaning eng yirik shahri Lagosda bo‘lib o‘tadi. 

Shuningdek, gazeta koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan turkiyalik olim Ugur Shohin va uning rafiqasi Ozlem Turedjiga “Sog‘liqni saqlash sohasida musulmon mutaxassisi”, turkiyalik futbolchi Mesut O‘zilga esa “Dunyoga mashhur musulmon” mukofoti bilan taqdirlanishi ta’kidlangan, 

Ma’lumot o‘rnida, “Global musulmon shaxsiyati” mukofoti 2018 yildan buyon topshiriladi. Erdo‘g‘an bu mukofotni avval ham uch marta qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Erdo‘g‘anning “Dunyo yanada adolatli bo‘lishi mumkin” nomli kitobi nashrdan chiqqan edi. Ushbu kitobda Prezident dunyoda davom etayotgan urushlar, qirg‘inbarotlar, ochlik, qurg‘oqchilik, qashshoqlik va pandemiya fonida ularning yanada ortib borayotgani, BMT esa qo‘l qovushtirib o‘tirganini yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing