Toshkentlik erkak ikki haftalik davolanishdan so‘ng vafot etdi
Jamiyat
−
29 iyul 2020
11211Koronavirusga chalingan poytaxtlik 48 yashar erkak olib borilgan muolajalarga qaramay, vafot etdi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 48 yoshli X.M. (erkak) 13 iyul kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasining reanimatsiya bo‘limiga og‘ir ahvolda yotqizilgan.
Bemorga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.
Bemorda kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, terminal o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchilik asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziyaning 2-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham kuzatilgan.
SSVning qayd etishicha, shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchilikdan vafot etgan.
LiveBarchasi