Koronavirus Trampga yana bir qadam yaqinlashdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning atrofidagi yana bir odam koronavirus yuqtirib oldi. Bemor Prezidentning qizi Ivanka Trampning shaxsiy yordamchisi hisoblanadi. Shu bilan Oq uyda koronavirusga chalinganlar soni yana bittaga ko‘paydi.

Ta’kidlanishicha, yordamchi so‘nggi bir necha hafta davomida Ivanka bilan bog‘lanmagan. Chunki u uyda masofaviy shaklda ishlagan. Aynan shu chora Ivanka va uning eri Jared Kushnerni koronavirusdan qutqarib qolgan. Shunga qaramay, Ivanka va Kushner kecha, 8 may kuni COVID-19 uchun tahlil topshirgan. Natija manfiy chiqqan.

"Prezident Donald Tramp bir hafta ichida AQSH pandemiyadan xalos bo‘lishiga umid bildirdi. Buning o‘rniga, pandemiya uning o‘ziga yaqin keldi", deydi Trampni yoqtirmasligi bilan tanilgan CNN nashri.

Ma’lum qilinishicha, Ivanka Trampning yordamchisi Oq uydagi koronavirusga chalingan kishilarning uchinchisi. Avvalroq, virus Oq uy xodimlaridan birida va vitse-prezident Maykl Pensning vakili aniqlangan edi.

Oq uy hozirda har kuni kechasi dezinfeksiya qilinmoqda. Koronavirus AQSH Prezidentiga yuqmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramay yuqoridagi holatlar yuz berishda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Koronavirus Ivanka Tramp

Baholaganlar

553

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing