Er-xotin ko‘mir isidan zaharlanib vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yil 24 aprelga o‘tar kechasi Toshkent viloyatining Angren shahrida Ko‘kterak mahallasida yashagan A.N. uyida isitish pechiga ko‘mir yoqib, uxlab qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, buning oqibatida o‘zi va rafiqasi O‘.N. ko‘mir isidan zaharlanib, voqea joyida vafot etganlar. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli vatandoshlar, isitish maqsadida ko‘mir-gaz va boshqa yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanganingizda  xavfsizlik qoidalariga rioya qiling!”, deyiladi IIV xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

ko'mir

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing