Enrike oxirgi o‘yinlarda Mbappe nega zaxiraga olinayotganiga izoh berdi
Sport
−
02 mart 2024 4660 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1 24-turidan o‘rin olgan “Monako”ga (0:0) qarshi o‘yinning birinchi bo‘limidan so‘ng almashtirildi.
Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening fikricha, jamoa Mbappesiz o‘ynashni o‘rganishi kerak, u kelasi yozda “Real”ga erkin agent sifatida o‘tishi kutilmoqda.
“Men futbolda yetarlicha vaqt bo‘lganman va shuni bilishingiz kerakki, bunday klubda hamma narsa muhim. Ertami-kechmi Mbappesiz o‘ynaymiz, shuning uchun men jamoa uchun eng yaxshi variantni qidiryapman. Ba’zida men haqman, ba’zida nohaq. Biz Mbappesiz o‘ynashga ko‘nikishimiz kerak. Men jamoam uchun eng yaxshisini qilaman. Bu mening qarorim”, deydi murabbiy.
Luis Enrike Mbappe ikkinchi bo‘limni zaxira o‘rindig‘ida emas, onasi yonida tribunadan kuzatib turganini bilmadi. Qolaversa, o‘yin tugamasidan futbolchi kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi.
Bungacha Mbappe “Renn” bilan o‘yinda (1:1) 65-daqiqada zaxiraga olingandi.