Eng korrupsiyalashgan uchta vazirlik nomi ma’lum qilindi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Mudofaa vazirligi mamlakatdagi eng korrupsiyalashgan vazirliklar ekanligi ma’lum qilindi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining profilaktika boshqarmasi boshlig‘i Anor Jarova xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kuchli beshlikka shuningdek, Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi kiradi. Umuman olganda, 2019 yil yakunlariga ko‘ra, korrupsiya jinoyati uchun 1002 kishi jazolangan, dedi Jarova. Uning qo‘shimcha qilishicha, IIV xodimlari ko‘pincha jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilmaslik, shuningdek, mahkumlarning sinov muddati nazoratini osonlashtirish uchun pora olishadi.

Qozog‘istonda korrupsiya holati kuzatilganda xabar bergani uchun fuqarolarga mukofot puli beriladi. Bugun, 13 fevral kuni Qozog‘iston antikorrupsiya agentligi mutaxassisi Yerik Bishibekov Respublika aholisi korrupsiya to‘g‘risida xabar bergani uchun 2017 yildan beri 99 million tenge (263 ming dollar) olganligini aytib o‘tdi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Korruptsiya

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing