Eng qimmat futbol ligalari reytingi e’lon qilindi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Angliya chempionati dunyoning eng qimmat ligasi deb tan olindi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Nashr e’lon qilgan reytingga ko‘ra, APLning umumiy qiymati 10 milliard yevroni tashkil etadi. Kuchli uchlikka Ispaniya va Italiya chempionatlari kiritildi.

E’tiborlisi, Yevropa yulduzlarini o‘ziga jalb qilayotgan Saudiya Arabistoni chempionati ham eng qimmat ligalar reytingining kuchli o‘ntaligidan joy oldi. Futbolchilarning umumiy qiymati 1 milliard yevrodan oshgan Niderlandiya chempionati esa 11-o‘rinda qayd etilgan.

Futbolchilarning qiymati bo‘yicha eng qimmat ligalar reytingi:

1. APL (20ta klub) – 10,48 milliard yevro;
2. La Liga (20 ta klub) – 4,67 milliard yevro;
3. A Seriya (20 ta klub) – 4,52 mlrd yevro;
4. Bundesliga (18 ta klub) – 4,14 milliard yevro;
5. Liga 1 (18 ta klub) – 3,48 mlrd yevro;
6. Braziliya chempionati (20 ta klub) – 1,46 mlrd yevro
7. MLS (29 klub) – 1,29 milliard yevro
8. Portugaliya chempionati (18 ta klub) – 1,24 mlrd yevro;
9. Turkiya chempionati (20 ta klub) – 1,07 mlrd yevro;
10. Saudiya Arabistoni chempionati (18 ta klub) – 1,02 mlrd yevro;
11. Niderlandiya chempionati (18 ta klub) – 1,01 mlrd yevro.


Maqola muallifi

Teglar

APL La Liga Angliya chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing