Energiya tariflari oshirilgandan so‘ng inflyatsiya ham kuchaydi
Jamiyat
−
13 iyun
10870May oyida aholining inflyatsion kutilmalari 14,0 foiz, tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari 12,7 foizni tashkil etdi. Umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvining 2024 yil 13 iyundagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Tariflar o‘zgarishining inflyatsion kutilmalarga ta’siri dastlab prognoz qilinganidan ko‘ra pastroq shakllanmoqda", deyiladi Markaziy bank xabarida.
May oyida inflyatsiya aprel oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,8 foizga o‘sgan. Bunday keskin o‘sish oxirgi marta bundan 5 yil oldin, 2019 yilning avgust oyida kuzatilgan edi.
Umuman olganda, O‘zbekistonda 2023 yildan e’tiboran inflyatsiya 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga tushirilishi kerak edi. O‘tgan yilning oktyabr oyidagi yig‘ilishda 5 foizlik targetga erishish muddati 2025 yilning ikkinchi yarmigacha uzaytirildi.
“Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetiga erishishga qaratilgan nisbatan qat’iy pul-kredit siyosatini amalga oshirishda iqtisodiyotdagi talab va taklif mutanosibligiga hamda inflyatsion kutilmalarning shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi”, deyiladi xabarda.
Pul-kredit siyosati
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, yanvar-may oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan savdo va pullik xizmatlardan tushumlar 37,4 foizga va iqtisodiyot sub’ektlarining banklar orqali to‘lovlari hajmi 36,4 foizga ko‘paygan. Pul o‘tkazmalari hajmi 21 foizga oshgan.
Yanvar-may oylarida banklar tomonidan 102 trln so‘mlik yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga ko‘p kreditlar ajratilgan. Ushbu davrda aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari 21 foizga, bank hisobvarag‘iga ega aholi soni 6,1 foizga va ularning hisobvaraqlari soni 14,8 foizga ko‘paygan.
LiveBarchasi