Energetika vazirligi tizimida yangi rahbar ish boshladi
Jamiyat
−
12 iyun 2019 5345 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Akbarxon Abbosovich Yuldashev Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.
Akbarxon Yuldashev bungacha Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining Energetika, energiyaning tiklanadigan manbalari va sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinng joriy yil fevral oyidagi farmoniga asosan Energetika vazirligi boshqaruviga o‘tkazilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025