Energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
14 fevral 2023
9502O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Akmal Ro‘ziqulovich Jumanazarov Energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Qayd etilishicha, A.Jumanazarov elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha Energetika vazirining o‘rinbosari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev lavozimidan ozod etilgan edi. Unda vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun shunday qaror qabul qilingandi.
LiveBarchasi