Energetika vaziri “zami” ham ishdan ketdi

Jamiyat

image

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Gap shundaki, bugun qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Unda vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun shunday qaror qabul qilingan.

Zangiota, Toshkent, Buloqboshi, Xo‘jaobod, Uchqo‘rg‘on, Koson, Karmana, Qamashi, Shofirkon, Xo‘jayli, Denov, Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Farg‘ona, Paxtabod, Hazorasp tumanlari hamda Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Guliston, Chirchiq shaharlari hokimlari mas’uliyatni his qilmasdan, bir oy oldingi sovuq kunlardan hech qanday xulosa chiqarmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimiga “hayfsan” berildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" rahbari Mustafoyev, "Uztransgaz" rahbari Normatov va "O‘zbekneftgaz" rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga  vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.

“Agar tarmoq korxonalarining ayrim moliyaviy masalalari vaqtida yechib berilganda, daromadlarining bir qismi investitsiya qilinib, tarmoqlarni yangilashga yo‘naltirganda vaziyat bunchalik og‘ir bo‘lmas edi”, deyilgan yig‘ilishda.

Endi butunlay boshqacha tizim bo‘lishi – strategik korxonalar Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval ushbu yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham ishdan olingan va Toshkentning 3 ta tumani hokimini DXX tekshirishi ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing