Endi jarimani xato yozgan radarlar olib tashlanadi
Jamiyat
−
15 avgust 2023
7818Endilikda O‘zbekistonda tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan foto va video radarlar 5 tadan ortiq qoidabuzarlikni xato aniqlasa, unga bo‘lgan mulk huquqi bekor bo‘ladi. Bu respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 21 apreldagi 232-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi qarorda nazarda tutilgan.
Unga ko‘ra, kuzatuv kameralari orqali avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborilgan ma’lumotlardagi xatoliklarning umumiy soni besh va undan ortiq miqdorni tashkil etca, tadbirkorlik sub’ektining ob’ektga bo‘lgan mulk huquqi sud orqali bekor qilinadi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini aniqlaydigan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ishga tushirish muddati 60 kundan 180 kunga uzaytiriladi.
Yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi taqsimlanishida tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozli davr 1 yildan 2 yilga uzaytiriladi.
LiveBarchasi