Endi jamoadoshlarimiz uchun ham harakat qilamiz – Nodirjon Mirzahmedov

Sport

image

Serbiyaning Belgrad shahrida davom etayotgan Jahon chempionatida 48 kg vaznda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Nodirjon Mirzahmedov irlandiyalik Rikki Nesbit ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng, ushbu bahs haqida fikr bildirdi.

“Birinchi jang og‘ir bo‘ldi, shunga qaramasdan yaxshi jang o‘tkazdim va g‘alabani tantana qildim. Keyingi raqibim qozog‘istonlik bokschi bo‘ladi. U ancha tajribali va kuchli bokschi. Jusspov bilan avval ham jang qilganman. Endi kim g‘olib bo‘lishini ringda bilib olamiz. Jamoadoshlarimni mag‘lub bo‘ldi, deb aytmagan bo‘lardim. Biz endi ular uchun ham harakat qilamiz”, deydi Mirzahmedov.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 oktyabr kuni Nodirjon Mirzahmedov irlandiyalik Rikki Nesbitga qarshi ringga ko‘tarildi va 3 raund davom etgan jangda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ikki karra Osiyo chempioni hisoblangan Mirzahmedov chorak finalda Qozog‘iston vakili Temirtas Jussupovga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 6 noyabriga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Nodirjon Mirzahmedov

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing