Endi O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotganlar o‘zi bilan meva-sabzavotlar olishi mumkin
Olam
−
05 mart 2019
7878O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan yo‘lovchilarga qo‘l yukida jami 5 kilogramgacha sabzavot, ho‘l va quruq meva, yong‘oqlar olishga ruxsat berildi. Bu haqda “Rosselxoznadzor” Matbuot xizmati xabar berdi.
“Rosselxoznadzor” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi kelishuvga erishgan.
Unga ko‘ra, bugun, 5 martdan boshlab O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan yo‘lovchilar o‘zlari bilan yuqorida aytib o‘tilgan mahsulotlarni belgilangan miqdorda olishi mumkin.
Qayd etilishicha, ruxsat berilishi uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi kafil bo‘lgan.