Endi zargarlik buyumlarini chetga olib chiqish imkoniyati 2 baravar ortadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 dekabridan boshlab O‘zbekistonda 10 ming dollargacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev sanoatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Qayd etish kerakki, ayni paytda qadar 5 ming dollargacha zargarlik buyumlarini chegaradan olib chiqishga ruxsat berilgan edi.Shuningdek, yig‘ilishda zargarlikda imkoniyatlar juda kengligi, mamlakatimizda 300 million dollarlik ichki bozor borligi ta’kidlandi.

“Bu talabni bemalol o‘zimizni mahalliy zargarlar qondirishi mumkin. Shu sababli ularni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 dekabrdan boshlab: 

- oltin va kumushga kechiktirib to‘lash uchun barcha banklar va Eksportni rag‘batlantirish agentligi kafolatlari qabul qilinadi;

- kafolat olish imkoniyati yakka tartibdagi zargarlar uchun ham yaratiladi;

- oltin, kumush va zargarlik uchun zarur boshqa xom ashyolarni qayta ishlash uchun vaqtincha olib kirish va olib chiqishda litsenziya talabi bekor qilinadi;

- zargarlar ishlatadigan qimmatbaho va bezak toshlari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi”, dedi Prezident.

Shu sababli, tegishli viloyatlar hokimlariga Samarqand, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida zargarlik savdo va ishlab chiqarish majmualarini ishga tushirish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing