Endi yo‘llarni loyihalashtirishda kompleks yondashuv mavjud bo‘ladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev  yo‘l xo‘jaligini boshqarish, yo‘llarni loyihalash, qurish va saqlash tizimini isloh qilish yuzasidan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi, “Avtoyo‘l” qo‘mitasiga avtomobil yo‘llari sohasini rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Ushbu loyihada yo‘l va ko‘priklarni qurish va ta’mirlash bo‘yicha uch yillik tumanbay dasturini, yo‘l korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashni, yo‘llarni saqlash ishlarining bir qismini xususiy sektorga o‘tkazishni nazarda tutish vazifasi qo‘yildi.

“Endilikda yo‘llarni loyihalashtirishda kompleks yondashuv mavjud bo‘ladi. Ya’ni, qayerda to‘xtash joyi bo‘ladi, qayerda daraxt ekiladi, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, texnik va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qayerda joylashadi, degan savollarga loyihaning o‘zida to‘liq javob bo‘lishi kerak. Shundan keyingina loyiha qabul qilinadi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘tgan davrda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi korxonalarga 2 mingdan ziyod yangi maxsus texnikalar xarid qilinganligi va buning hisobiga 65 ming kilometr yo‘llar qurilgan hamda ta’mirlanganligi haqda xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing