Endi Xiaomi o‘z smartfonlarini nomlashda Mi’dan foydalanmaydi 

Texnologiya

image

Xiaomi’ning kelajakdagi mahsulotlari Mi brendi ostida chiqmaydi. Bu haqda “XDA-Developers” portali xabar bergan.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, kelajakda uning qurilmalari muqobil sxemaga muvofiq nomlanadi. Demak, yangi Xiaomi Mi 12 o‘rniga Xiaomi 12 taqdim etiladi. 

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda ba’zi mahsulotlar allaqachon Mi prefiksidan qutulgan. Hozircha kompaniya Mi’ni rad etish haqida rasmiy izoh bermagan. 

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi 2021 yil iyun oyida Samsung va Apple brendlarini ortda qoldirib, ilk marta dunyodagi birinchi raqamli smartfon brendiga aylangandi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing