Endi WhatsApp'da jo‘natilgan xabarlarni tahrirlash mumkin bo‘ladi

Texnologiya

image

WhatsApp yuborilgan xabarlarni tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda messenjer blogida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, xabarni jo‘natishdan keyin xatoni tuzatish yoki xatni qayta yozish uchun “Tahrirlash” tugmasini bosib ushlab turish kerak bo‘ladi. 

Messenjer blogida keltirilishicha, tuzatishlar yuborilgandan keyin 15 daqiqa ichida amalga oshirilishi mumkin.

"Sizning suhbatdoshlaringiz “O‘zgartirilgan” belgisini ko‘radi, lekin qayta ko‘rib chiqish tarixini ko‘ra olmaydi. Kiritilgan o‘zgarishlar, shuningdek, barcha shaxsiy xabarlar, ommaviy axborot vositalari va qo‘ng‘iroqlar oxirigacha shifrlash bilan himoyalangan", deyiladi xabarda.

Kompaniya yangi funksiya butun dunyo bo‘ylab joriy etila boshlaganini va yaqin haftalarda u barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

WhatsApp tahrirlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing