Endi o‘zbekistonliklar Turkiyada soliqlardan qocholmaydi
Jamiyat
−
12 iyul 2020
12265Turkiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari endilikda soliqlardan bo‘yin tovlay olmaydi. Negaki ikki davlat o‘rtasida soliqqa oid yangi bitim kuchga kirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida 2017 yil 25 oktabrda imzolangan 1996 yil 8 maydagi Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma 2020 yil 9 iyuldan e’tiboran kuchga kirdi.
Hujjatga binoan, ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida axborot almashishning yangilangan tartibi nazarda tutilmoqda, shuningdek, Bitim soliqlarni undirishda ko‘maklashishga oid yangi norma bilan to‘ldirilmoqda.
Tuzatishlar “soliq shaffofligi”ni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu ikki mamlakatning jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish va Bitim qoidalarini ikki mamlakatning amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiqlashtirish zaruriyati bilan belgilanadi.
LiveBarchasi