Endi o‘zbekistonliklar Tailand vizasi uchun Moskvaga borishi kerak

Jamiyat

image

Avvalroq, Tailand 93 ta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston uchun amal qilayotgan 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilayotgani haqida xabar berilgan edi. Endilikda mazkur tartib joriy yilning 15 sentyabridan boshlab o‘zbekistonliklar uchun ham bekor qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Tailand Qirolligi hukumati qaroriga muvofiq, ushbu sanadan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatga kirish uchun oldindan viza rasmiylashtirishi lozim.

O‘zbekiston fuqarolari Tailandga tashrif buyurish uchun Tailand Qirolligining rasmiy elektron viza portali orqali elektron viza anketasini to‘ldirib, kirish vizasini olishlari kerak.

Elektron viza anketasi to‘ldirilgandan so‘ng, viza uchun to‘lovni amalga oshirish uchun fuqaro Tailand Qirolligining Rossiya Federatsiyasidagi Moskva shahrida joylashgan elchixonasiga shaxsan tashrif buyurishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand hukumati joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qilish haqida tegishli qarorni imzolagani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing