Endi o‘quvchilar kollej va texnikumlarga bir yilda ikki marta qabul qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilish bir yilda ikki marta tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tizimi takomillashtiriladi. 

Davlat dasturiga ko‘ra, texnikumlarda mutaxassislik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy ulush 50 foizga yetkaziladi.

Shuningdek, xususiy sektorning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.

Ushbu topshiriq ijrosi uchun mas’ul etib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing