Endi UFC jangchilarini USADA doping-test qilmaydi
Sport
−
13 oktabr 2023 2872 1 daqiqa
Ultimate Fighting Championship (UFC) Drug Free Sport International kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzdi. Bu haqda “MMA Junkie” nashri xabar berdi.
Drug Free Sport International UFC jangchilarining doping-testdan o‘tish jarayonini nazorat qiladi. Shartnoma 2024 yilning yanvar oyidan kuchga kiradi.
Drug Free Sport International UFC'dan tashqari AQSHning yirik sport ligalari bilan hamkorlikka ega. Misol uchun NFL, NBA va MLB kabi nomdor sport tashkilotlari ham Drug Free Sport bilan doping tekshiruvlari bo‘yicha ish olib boradi.
Shunday qilib UFC'ning Amerika antidoping agentligi (USADA) bilan 8 yillik hamkorligi yakuniga yetadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust