Endi Turkiyaga kirishda xorijliklardan barmoq izi olinadi
Olam
−
15 avgust 2024 4290 1 daqiqa
Endilikda xorijiy davlat fuqarolaridan Turkiyaga kirishda barmoq izlari olinadi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ma’lum qildi.
Vazir Yerliqoya kelgusi davrda amalga oshiriladigan muhim loyihani e’lon qilar ekan, endilikda AQSH va Angliyada bo‘lgani kabi Turkiyaga kirish ham barmoq izlari orqali tasdiqlanishini ma’lum qildi.
Shuningdek, vazir xorijliklarni qonun doirasida Turkiyaga kelishlarini ta’minlash maqsadida olib borilgan ishlar haqida bayonot berdi. Unga ko‘ra, Turkiyaga yashash maqsadida kelgan chet el fuqarolari notariuslar orqali yashash ruxsatnomasini olishlari mumkin.
Bundan tashqari, mamlakatga o‘qish uchun kelgan chet ellik talabalar viloyat immigratsiya boshqarmasiga bormasdan, universitet orqali yashash uchun ariza berishlari mumkinligi ham ta’kidlandi.
Maftuna Madaminova
Live
Barchasi