Endi Toshkentning ozodaligini kim nazoratga olishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Rustam Yusupov Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda kecha, 17 aprel kuni poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov imzolagan farmoyishda keltirilgan.

“Rustam Abdulaxatovich Yusupov Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi etib  tayinlansin”, deyiladi hokim qarorida.

Bungacha Yusupov Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi rahbarining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, rahbar vazifasini bajaruvchi lavozimida ham ishlagan. U 2021 yil noyabr oyidan beri shu lavozimda ishlagan Anvar Umarovning o‘rnini egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rustam Yusupov Obodonlashtirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing