Endi Toshkentda avtobuslar tezligi 50 km/soatdan oshmaydi
Jamiyat
−
16 avgust 2024 3872 1 daqiqa
Endilikda Toshkent shahrida avtobuslar tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Toshshahartransxizmat” AJning tasarrufidagi barcha avtobuslar “Toshavtota’mirxizma” UK servis xizmati xodimlari tomonidan avtobus haydovchilari boshqaruv vaqtida tezlikni oshirmasliklari uchun maxsus dastur orqali tezliklari 50 km soat bilan chegaralanmoqda.
“Bundan maqsad yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va yo‘llarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni oldini olishdir”, deyiladi xabarda.
Maxsus dastur orqali tezliklari 50 km soat bilan cheklangan avtobuslarga muxsus ogohlantiruvchi belgi yopishtirilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025