Endi sun’iy intellekt o‘rmon yong‘inlarini aniqlay oladi

Texnologiya

image

Kaliforniyalik o‘t o‘chiruvchilar o‘rmon yong‘inlarini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanyapti. Buning uchun shtat bo‘ylab o‘rnatilgan kameralar ulanadigan ilova ishlab chiqildi. Bu haqda “Reuters ” nashri ma’lum qildi. 

San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti muhandislari kameralardan olingan videolar orqali yong‘inni aniqlaydigan va mas’ullarni xabardor qiladigan platformani ishlab chiqdi. Ilova shtat bo‘ylab turli davlat idoralari va elektr ta’minot xizmatlari tomonidan o‘rnatilgan 1038 ta kameraga tayanadi, ularning har biri 360 darajada aylanadi. 

Ushbu SI dasturining potensialiga misol sifatida kamera mahalliy vaqt bilan ertalab soat 3 da Klivlend milliy o‘rmonida sodir bo‘lgan yong‘inni aniqladi. Odamlar uxlab yotgan va qorong‘i sabab tutunni ilg‘ab olish qiyin bo‘lgan bu vaqtda uchqun shiddatli o‘rmon yong‘iniga aylanishi mumkin edi. Ammo SI yong‘in xavfsizligi bo‘limini ogohlantirdi va ekipaj voqea joyiga yetib kelib, 45 daqiqada olovni o‘chirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, platforma kamera tarmog‘idan tashqari ko‘plab qo‘shimcha ma’lumotlarni to‘playdi. Jumladan, kelajakda yong‘inlarni keltirib chiqaradigan ulkan o‘simliklar miqdorini aniqlaydi va Yer yuzasini xaritalaydi. Qish mavsumida esa u atmosfera qatlamlari va qor uyumlarini o‘lchashga qodir. 

Eslatib o‘tamiz, Moskva fizika-texnika universitetida mutaxassislar Android uchun mahsulotlarning pishganini aniqlaydigan mobil ilovani yaratdi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in kamera sun'iy intellekt Kaliforniya o'rmon platforma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing