Endi soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar faqat sud tomonidan qo‘llaniladi

Jamiyat

image

Tadbirkorlarga miqdori 10 million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik sub’ekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida keltirilgan.

2024 yil 1 yanvardan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining 50 foizi miqdorida subsidiya berish;
  • “Izlanish va rivojlanish” markazlari uchun ular tashkil etilgan kundan 3 yil muddatga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizini to‘lash, ularning xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash;
  • davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari qiymatining kamida 5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish.

Shuningdek, 2023 yil 1 oktyabrdan tadbirkorlarga miqdori 10 million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik sub’ekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan jismoniy va yuridik shaxslarga QQSni to‘liq qaytarish tizimi quyidagilar hisobidan kengaytiriladi:

  • xorijiy turistlarga – O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida O‘zbekistonda sotib olingan va “Tax Free” tizimi bo‘yicha rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun;
  • turoperatorlarga – xorijiy kontragentlar bilan shartnomalar doirasida ko‘rsatilgan eksport xizmatlari uchun.

Maqola muallifi

Teglar

soliq sud huquqbuzarlik O'zbekiston – 2030

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing