Endi iste’molchilar xarid qiladigan mahsuloti haqida onlayn ma’lumot oladi

Jamiyat

image

Tovarlar, ularni ishlab chiqaruvchisi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi tizimni o‘z ichiga olgan elektron platforma yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Qarorga ko‘ra, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yetkazilishini ta’minlaydi;

Tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisin to‘g‘risida, tovarlarning inson sog‘lig‘iga ta’siri va boshqalar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi tizimni o‘z ichiga olgan elektron platforma yaratadi va yuritadi;

Inson hayoti, salomatligi, mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlar, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchisi (ijrochisi) to‘g‘risida ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchi

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing