Endi roliklar istalgan oyoq kiyimga o‘rnatiladi
Bu qiziq
−
24 iyul 2023
4621Amerikaning RollWalk kompaniyasi har qanday oyoq kiyimga oson o‘rnatsa bo‘ladigan elektr roliklarni ishlab chiqdi va sotuvga chiqardi. Bu haqda kompaniya o‘zining rasmiy saytida ma’lum qildi.
2.1 kg og‘irlikka ega alyuminiy moslamaga 300 vatt quvvatga ega motor bilan jihozlangan va uning batareyasi bir zaryadda 22 km yurish imkonini beradi. Unda 32 km/soat tezlikkacha chiqish mumkin. IPX4 standartiga muvofiq namlikdan himoya mavjud va boshqaruv simsiz pult yordamida amalga oshiriladi.
Samsung'ning 18650 akkumulyatori rolikni yanada mustahkam qiladi. G‘ildiraklar esa uskunaning ajoyib dizaynini ta’minlaydi.
Saytda keltirilishicha, bir juft rolikning narxi chegirma bilan 499 dollar etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Urtopia kompaniyasi suhbatlashish qobiliyatiga ega bo‘lgan elektr velosipedni taqdim etdi.
LiveBarchasi