Endi notarial xizmatlardan Face ID orqali onlayn foydalanish mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda endi notarial xizmatlardan Face ID orqali onlayn tarzda foydalanish mumkin. Bu haqdagi tegishli farmon joriy yilning 21 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.

Hujjatga muvofiq, Adliya vazirligi tomonidan Personallashtirish agentligining ma’lumotlar bazasida jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan (Face ID) identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi.

Bu fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi, xizmatlarni olish vaqti va xarajatlarini kamaytiradi.

Bildirilishicha, Adliya vazirligi ushbu texnologiyani boshqa turdagi davlat va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda bosqichma-bosqich qo‘llashni va barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga bepul integratsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosida Face ID orqali to‘lov qilish sinovdan o‘tkazilayotgani ma’lum qilingandi.

Rayhona Ulkanbayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Face ID

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made