Endi navbat bog‘cha bolalarigami? Toshkentda 4 nafar qizaloqqa tegajog‘lik qilingani aytilmoqda
3-sahifa
−
04 may 2023
15199Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi bolalar bog‘chalaridan birida direktorning o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani haqida xabarlar tarqalib, ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingani ma’lum qilindi.
Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bog‘cha mudirasining 11-sinf o‘g‘li 4 nafar qizchani uxlashga yotganidan so‘ng, ularga turli xil tegajog‘liklar qilgan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, voqea 230-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan.
“Natijalari haqida xabar berilishi ta’minlanadi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Eslatib o‘tamiz, qizaloqlarga nisbatan bu kabi tegajog‘liklar qilinishi yoki zo‘rlashlar oxirgi vaqtlarda juda ko‘p uchramoqda.
Masalan, joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida zo‘ravonlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgandi. Qizni oilasida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan shaxs avval uni zo‘rlab, keyin o‘ldirib ketgandi.
Shuningdek, Toshkent shahar Yunusobod tumanida erkak 6 yoshli qizchani aldab unga tegajog‘lik qilgandi. 47 yoshli erkak yosh qizchani aldov yo‘li bilan pod’ezdga chaqirib, qizchani yechintirib, unga tegajog‘lik qilgan.
Bundan tashqari, jamiyatda ko‘plab to‘lqinlanishlarga sabab bo‘lgan yana bir voqea, ya’ni Xorazmdagi pedofil amaldorlarning voyaga yetmagan qizlarni zo‘rlaganiga ham ko‘p bo‘lmadi.
Umuman olganda, bu kabi holatlarni sanasak juda ko‘p, muhimi bunday ishlarni oldi olinishi va jinoyatchilarga munosib jazo berilishidir.
LiveBarchasi