Endi muayyan yashash joyi yo‘q shaxslar reabilitatsiya markaziga joylashtiriladi
Jamiyat
−
19 dekabr 2022
4094Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida ish yuritish tartibi kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 16 dekabr kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ish yuritish tartibini kiritish bo‘yicha qonun qabul qilingan.
Agar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishiga asoslar bo‘lsa, ichki ishlar organi xodimi shaxsni IIOga keltirilgandan e’tiboran 48 soatda uni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborishi kerak. Bunday shaxs reabilitsiya markaziga 30 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtiriladi.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi materiallar bunday shaxs aniqlangan yerdagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.
Taqdim etilgan iltimosnoma 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi