Endi Milliy gvardiyada ham jarimaga tortish vakolati bor
Jamiyat
−
14 Oktabr 2023
798113 oktyabrdan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun Milliy gvardiyaga ma’muriy bayonnoma to‘ldirish va jarima belgilash vakolati berildi. Bu esa Prezident tomonidan imzolangan “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda belgilandi.
Unga ko‘ra, maishiy chiqindilarni va boshqa nosoz holatga kelgan qattiq jisimlarni belgilangan joylarga tashlamagan fuqarolarga Milliy gvardiya xodimlari vakolatlari doirasida bayonnoma rasmiylashtirishadi va qonun doirasida (belgilangan tartibda) jarima qo‘llaydi.
“Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi hamda Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ko‘rishi belgilandi”, deyiladi bu haqdagi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ichki ishlar organlari huzuridagi ommaviy tadbirlarni nazorat qilish komissiyalari faoliyati tashkil etilib, ularning tarkibi, maqomi va vakolatlari belgilanishi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi