Endi metroda iPhone orqali yo‘l haqini to‘lash mumkin
Jamiyat
−
04 mart 2023
5139Endilikda metropoliten yo‘lovchilari IOS operatsion tizimida ishlovchi yangi qurilmalar orqali yo‘l haqi to‘lovini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘lovchilar buning uchun “ATTO” mobil ilovasidagi NFC kategoriyasidan foydalanishi kerak. Bunda ilovaning operatsion tizimi va u bilan to‘lash mumkin bo‘lgan qurilma orqali plastik kartalarsiz onlayn to‘lov qilinadi. Yo‘l haqini nafaqat iPhone, balki Samsung rusumli telefonlari yordamida ham to‘lash mumkin.
Qurilma NFC moduli deb nomlangan bo‘lib, u hozirda metropolitenining “Buyuk ipak yo‘li” bekatida o‘rnatilgan. Keyinchalik uni “Chilonzor”, so‘ng bosqichma-bosqich barcha metro bekatlarida joriy qilish rejalashtirilgan.
“Oldin faqat Android qurilmalari orqali NFC to‘lovni amalga oshirish mumkin edi. Endi IOS tizimi orqali to‘lash imkoniyati mavjud. Bunda ikki va undan ko‘p marotaba to‘lovni amalga oshirish mumkin”, deydi “ATTO” texnik mutaxassisi Azizbek Karimov.
LiveBarchasi
26 noyabr