Endi metroda poyezdlar ko‘p kuttirmaydi
Jamiyat
−
24 avgust 2023
7019Joriy o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Toshkent metropolitenida poyezdlar qatnovi orasidagi interval qisqartiriladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, joriy yilning 4 sentyabridan OTMlarda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi. Natijada shahar jamoat transportiga bo‘lgan talab ortadi.
Ushbu vaziyatni hisobga olgan holda, yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida poyezdlar qatnovidagi vaqt oraliqlarini qisqartirish rejalashtirilgan. Jumladan, tig‘iz vaqtlarda har bir harakat liniyasida tirbandlikning miqdorini hisoblab, quyidagi intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi:
• Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik;
• O‘zbekiston yo‘nalishida 3-3,5 daqiqalik;
• Yunusobod yo‘nalishida 5 daqiqalik.
Eslatib o‘tamiz, 26 avgustdan Toshkent metropolitenining “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari 4 oyga yopiladi.
LiveBarchasi