“Endi mening navbatim”. Endi Ruis Joshua bilan yana jang qilmoqchi
Sport
−
02 may 2024
4481Meksikalik og‘ir vaznli bokschi Endi Ruis britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi uchinchi jang o‘tkazishni xohlamoqda. Bu haqda uning o‘zi OAVga bergan intervyusida aytdi.
“U menga imkoniyat berdi, men unga qaytarib berdim, bizda yana bir imkoniyat bor. Menimcha, bu yaxshi. Joshua o‘z ishini qilyapti, lekin endi navbat menga”, deydi Ruis.
Ruis va Joshua o‘rtasidagi qarama-qarshilikda hisob hozircha 1:1. 2019 yilda Ruis o‘ta kutilmaganda WBA, WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha o‘sha paytdagi jahon chempioni Joshuani texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.
Qayd etish joiz, Ruis navbatdagi jangini o‘zbekistonlik Isroil Madrimov amerikalik Terens Krouford bilan jang qiladigan oqshomda Jaller Millerga qarshi o‘tkazadi. Jang 3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Joshua oxirgi jangni 8 mart kuni Fransis Ngannuga qarshi o‘tkazib, 2-raunddayoq raqibini nokautga uchratgandi. Britaniyalik charm qo‘lqop ustasi kelgusi jangini Deontey Uaylder va Jiley Chjan, shuningdek, Filip Xrgovich hamda Daniyel Dyubua o‘rtasidagi to‘qnashuvlar g‘oliblariga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.
LiveBarchasi