Endi mashinaning orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham kamarlarni taqib olishi kerak
Jamiyat
−
01 mart 2023 19290 1 daqiqa
Endi avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari kerak. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorida qayd etilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Hujjatga muvofiq, ushbu tartib joriy etilishi uchun Ichki ishlar vazirligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerakligi belgilangan. Bu yangi qoida inson hayotini saqlab qolishda muhim ekani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi kerakligi ham belgilangan edi.
Live
Barchasi